Nikoxsiz tugilgan bolani asrab olish

Assalomu alaykum Shayx Xazratlari !Men va boshkalar berayotgan savollarga javob berishda Allox sizga tugri yul kursatsin va kullasin. Inshaallox.Alxamdulillax 2 ta ugil farzandim bor. Yoshim 30 da. Fakat Allox roziligi uchun kiz farzand asrab olmokchiman. Allox etimni bokib voyaga etkazganlar uchun ajr-mukofot vada kilgan. Inshaallox men shu mukofot orzusidaman.Savolim kuyidagicha: Asrab olmokchi bulgan farzandimni ota-onasi zinokor bulsa, buni bolaga ta’siri buladimi? "Va zinodan tugilgan farzand xam jaxannamga uloktiriladi" - degan xadis ukiganman. Agar men asrab oladigan farzand zinodan tugilgan bulsa ungi axvoli ne kechadi. P/S Xozirgi etimxonalardagi bolalarni kupchiligi (adashgan bulsam Allox kechirsin) zinodan tugilgan dib uyliyman
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Zinodan tug‘ilgan bolaning o‘zida ayb yo‘q. Ayb zinokorlarda. Unday bolani boqish kerak. Ming afsuslar bo‘lsinki, odamlar orasida zinoga bo‘lgan nafrat tufayli bo‘lsa kerak, mazkur bolalar haqida turli yomon gaplar ko‘payib ketgan. Ammo shariatda kishining o‘ziga va iymonu amaliga qarab baho beriladi. Siz ikkilanmay rejangizni amalga oshiring. Bir oila o‘zlari bola ko‘rganda bolalariga qo‘shib yana bir bolani boqib oldilar. Hammamiz mazkur oilaga tashakkurlar aytdik.

21 Aprel 2022, 12:24 | Savol-javoblar | 180 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar