Xalolmi yoki xarommi

Assalomu alaykum! Allox ilmingizni ziyoda kilsin savolim shundan iboratki xozirgi zamonda "otkat" degan narsa mavjud,  ya’ni biron bir kishi sizga mujoz junatsa usha kishi junatgan mujozini ishin bajarib berganingzdan sung, olingan xizmat xakkidan ma’lum bir foizini masalan 10 % ni mujoz junatgani uchun talab kilsa,  usha olingan 10 % mablagni shariatda xukmi kanaka xalolmi yoki xarommi? Javobingiz uchun oldindan raxmat,  allox sizdan rozi bulsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariati islomiyada aldov, yolg‘on va firibgarlikning har qanday ko‘rinishi harom qilingan. Oldi-berdi va insonlar orasidagi muomalalarda bu haromlik shaxslarning haqqi aralashgani bois yanada qattiqlashadi. Shuning uchun har qanday ko‘rinishdagi “otkat” deb ataladigan aldovdan saqlanishingizni tavsiya qilamiz. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 12:24 | Savol-javoblar | 183 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar