Sajda oyati va quyosh

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, javobni qidirish xizmatidan topa olmadim. 1) Ko‘pincha Qur’onni Bomdod namozidan keyin va ba’zida Asrdan keyin o‘qiyman. Shunda sajda oyati kelib qoladi, quyosh chiqayotgan va botayotgan vaqtda namoz o‘qish mumkin emasligini bilaman, bu hukm sajda oyati kelgandagi sajdaga ham tegishlimi? Bunday holatda tilovatni to‘xtatib turish kerakmi yoki davom ettirib ketib, quyosh chiqqandan so‘ng sajda qilinadimi? 2) Hozir taqvimlarda Quyosh deb 4:50ni ko‘rsatyapti. Bu vaqt quyosh chiqishining boshlanish vaqtimi yoki tugallanish? Oldindan rahmat! Alloh sizlardan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Kutib turadi. 2). Boshlanish. 5 10 daqiqa o‘tkazsa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 22:59 | Savol-javoblar | 167 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar