G‘ayb ilmi

Assalomu alaykum! Singlim bor, ko‘ziga xar xil narsalar ko‘rinadi deydi, o‘zi ibodatda. Qarindoshlarimiz bu qiz odamlik, bo‘yniga olishi kerak deyaverishgandan miyasiga odamlikman, xech kimga ko‘rinmaydigan narsalarni ko‘raman, odamlarni yomonliklardan tozalayman deb rost yolg‘on gaplarni gapirib yuradi. Telegramm kanallaringizni muntazam o‘qib boradi, iltimos sizlardan, ushbu ishi noto‘g‘ri ekanligi xaqida bir tushuncha bersangizlar 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bularning hammasi Islomga zid amallar. Ular jinlar xolos, jin ilashgan inson fazilatli inson hisoblanmaydi. Chunki jinlar odatda g‘usldan tozalanmaydigan va buzuq e’tiqoddagi kishilarga yopishishadi. Muslmon odam ulardan tezroq qutilishga harakat qilishi kerak. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 23:43 | Savol-javoblar | 187 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar