Qalbimdagi og‘riq

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, hozir insonlar boshiga kelayotgan turli ko‘ngilsizliklardan, atrofdagilar ishonchsizligidan qiynalib ketdim. Bu xuddi ruhimda va qalbimda og‘ir hastalikka o‘xshab azob bermoqda. Menga shularni engishda  biror maslahat bering iltimos. Shunday vaqtda o‘qiladigan shifo oyatlaridan duolardan tavsiya etsangiz. Qimmatli vaqtingizni uchun tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday holatda hamma Alloh taologa qaytib, tavba va istig‘forga shoshilishlari kerak. Alloh taolo “Ro’d” surasi 11-oyati marhamat qiladi : إِنَّ اللّهَ لاَ يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُواْ مَا بِأَنْفُسِهِمْ وَإِذَا أَرَادَ اللّهُ بِقَوْمٍ سُوءًا فَلاَ مَرَدَّ لَهُ وَمَا لَهُم مِّن دُونِهِ مِن وَالٍ۝ «Albatta, Alloh bir qavmdagi narsani, toki ular o‘zlaridagi narsani o‘zgartirmagunlaricha, o‘zgartirmas». Ya’ni banda bir yaxshilikka erishmoqchi bo‘lsa, o‘sha yaxshilikka etaklaydigan xislatlarni o‘zida mujassam etishi va unga erishish uchun urinishi lozim. Ana shundagina Alloh uning ishida yaxshi tomonga o‘zgarish hosil qiladi. Shuningdek, bandaning o‘zidan o‘tmasa, Alloh unga yomonlikni ravo ko‘rmaydi: «Agar Alloh biror qavmga yomonlikni iroda qilsa, bas, uni qaytarib bo‘lmaydi va ular uchun Undan o‘zga valiy ham yo‘q». G‘amxo‘r do‘sti ham yo‘qki, biror chora ko‘rsa. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:36 | Savol-javoblar | 145 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar