Uyimdagi pulimdan zakot

Assalomu alaykum! Men xozir chet eldaman ishlayapman. Kelganimga 10 oydan o‘tdi, qarzlarimdan uzilib yana uyimda 3600 dollar pulim yig‘ilib turibdi. Shundan zakot berishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qachon nisobga ega bo‘lgan bo‘lsangiz o‘sha kunni belgilab qo‘yasiz. 1 yil o‘tgach o‘sha kunda necha pulingiz bo‘lsa o‘shaning qirqdan birini zakot deb chiqarasiz. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 00:05 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar