Nikohlanish roziligini berishda

Assalomu alaykum. Hazrat, qilayotgan ezgu ishlaringizdan Allohim rozi bölsin! Savolim nikoh öqilayotgandagi xolat haqida edi.. Hazrat, nikoh öqilayotgan vaqtda köp guvohi bölganman, nikoh öquvchi domla kelindan "rozimisiz" degandan söng "roziman" deb birinchisida aytishi kerakligini, ikkinchi va uchinchi sörashga majbur qilmaslik kerakligini aytib ötadilar. ( odatda bunday eslatishlar "qaysar kelin"larga qöyilgan talabdek köringani uchun ular uchunchi va törtinchi sörashigacha majbur qilishadi). Bir dugonam turmushga chiqayotgan yigit namoz öqimas, sigaret chekadigan yigit edi. Ota onasini norozi qilmaslik uchun unga turmushga chiqayotgan edi.. Nikohi öqilayotganida birinchisida javob bermadi, ikkinchisida ham, uchinchisida "roziman" deb javob berdi.Nega unday qilganini sörasam yuqoridagi sabablarni keltirdi. Aslida, dugonamning u yigitda köngli yöq edi.. Hazrat, yuqoridagi xolatlarda nikohga kelinning roziligi uchinchi söralishidan keyin berilsa karohati yöqmi? Oldindan rahmat.. Alloh rozi bölsin...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Yo‘q.

27 May 2022, 02:22 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar