Dinsizlarning qo‘lida ishlash

Assalomu alaykum! Ustozlar Ilimlaringiz bundanda ziyoda bo‘lsin. Bir gap eshittim Dinsizlarning qo‘lida Musulmon inson ishlab bo‘lmas ekan hoh o‘zini yurtida hoh boshqa yurtlarda degan. Shu gap rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu gap noto‘g‘ri. Noshar’iy ishlarni qilish joiz emas. Xoh u musulmonni qo‘lida bo‘lsa ham. Shariatga muvofiq bo‘lgan ishlarni nomusulmon kishining qo‘lida ishlab ham qilish joiz. حَدَّثَنَا خَبَّابٌ قَالَ: كُنْتُ رَجُلًا قَيْنًا، فَعَمِلْتُ لِلْعَاصِ بْنِ وَائِلٍ فَاجْتَمَعَ لِي عِنْدَهُ، فَأَتَيْتُهُ أَتَقَاضَاهُ، فَقَالَ: لَا وَاللهِ، لَا أَقْضِيكَ حَتَّى تَكْفُرَ بِمُحَمَّدٍ. فَقُلْتُ: أَمَا وَاللهِ حَتَّى تَمُوتَ ثُمَّ تُبْعَثَ فَلَا. قَالَ: وَإِنِّي لَمَيِّتٌ ثُمَّ مَبْعُوثٌ؟ قُلْتُ: نَعَمْ. قَالَ: فَإِنَّهُ سَيَكُونُ لِي ثَمَّ مَالٌ وَوَلَدٌ فَأَقْضِيكَ. فَأَنْزَلَ اللهُ تَعَالَى  أَفَرَأَيْتَ الَّذِي كَفَرَ بِآيَاتِنَا وَقَالَ لَأُوتَيَنَّ مَالًا وَوَلَدًا  Xabbob roziyallohu anhu bunday so‘zlab berdi:
«Men temirchi edim. Os ibn Voilga ishlab berdim. Unda mening (haqqim) to‘planib qoldi. Uning oldiga haqqimni so‘rab bordim. U: «Yo‘q, Allohga qasamki, Muhammadga kufr keltirmaguningcha haqingni to‘lamayman», dedi. Men: «Bilib qo‘y! Allohga qasamki, yo‘q! To o‘lib, qayta tirilmaguningcha (aslo kufr keltirmayman)», dedim. U: «Men o‘lib, keyin qayta tirilamanmi?» dedi. Men: «Ha!» dedim. U: «Bo‘lmasa, u erda ham mening mol-dunyo va bola-chaqam bo‘ladi, o‘shanda haqingni to‘layman», dedi. Shunda Alloh taolo «Oyatlarimizga kufr keltirgan va: «Albatta, (oxiratda) menga mol-dunyo hamda bola-chaqa berilajak», deganni ko‘rdingmi?»(oyati)ni* nozil qildi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).

* Maryam surasi, 77-oyat. عن ابن عباس رضي الله عنه: أن عليا ـ رضي الله عنه ـ أجر نفسه من يهودي يسقي له كل دلو بتمرة ـ أخرجه البيهقي وابن ماجه  Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: 
Aliy roziyallohu anhu bir chelak suv tortish evaziga bir dona xurmo olish uchun yahudiyga ishchi bo‘lib tushgan.
Bayhaqiy va ibn Mojalar rivoyati.
Bu hadisning sanada to‘g‘risida turli gaplar bo‘lsada bu borada kelgan boshqa hadislarni qo‘llash uchun kifoya qiladi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 00:16 | Savol-javoblar | 156 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar