Salomlar

Bismillahir rohmanir rohiym!Olamlarni rabbisi Alloh azza va jallaga hamdu sanolarning cheksizi, O‘zining zoti pokiga munosibi bo‘lsin. Olamlarga rahmat bo‘lib yuborilgan Muhammad Mustafoga durudu salovatlarning sarasi, mahmud maqomiyu vasila bo‘lsin. ul zotga ergashganlarga Alloh taoloning rahmati va hidoyati bo‘lsin! Hazratim! Ushbu kirib kelgan rabbul avval oyi bilan sizni muborakbod etishga va shu kungacha biz o‘zbek xalqi musulmonlariga qilayotgan xizmatingiz uchun tashakkur aytishga ijozat etgaysiz. Sizga shuni ma‘lum qilamanki shu yil ichida men tanidigan ammo musulmonchilikka uncha amal qilmaydiganlarni o‘ndan oshig‘i ushbu saytga kirib, savol javoblarda qatnashib, fatvolarni hamda maqolalarni o‘qib hidoyat bulog‘idan bahramand bo‘ldilar. bugun ular bu saytni ishtirokchisi, sizni muxlisingiz va eng muhimi ibodatda sobit qadamlar. Bularni ichida qardosh o‘lkalarimiz a‘zolari borligi mani quvontirdi. chunki ular turli yo‘l va firqalar, ba‘zilari bemazhablikdan qaytdilar. bugun el manfa‘ati vatan ravnaqi uchun xizmat qilishga bel bog‘laganlar.Sizga ushbu shaxslar nomidan minnaddorchilik bildirib Muzaffar Muhammadzoda. Assalamu alaykum va rahmatulloh!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizga chin qalbdan tashakkurlar. Alloh taolo taolo barchamizni O‘z hidoyatida sobitqadam qilsin!

7 May 2022, 02:26 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar