Gusl haqida

Assalomu alaykum! Ehtilom bo‘lganimdan keyin yaxshilab g‘usl qilib chiqaman. Biroz vaqtdan keyin maniy qoldiqlari chiqadi. Men yana qaytib g‘usl qilishim kerakmi yoki tahorat olib namozlarimni o‘qiyveraymi? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Junub kishi bavl qilmay g‘usl qilgan va namoz o‘qigan bo‘lsa namozi durust. Bordiyu maniy qoldig‘i chiqsa Abu Hanifa rahmatullohi alayh va imom Muhammad rahmatullohi alayh nazdida g‘uslni qayta qiladi. Qozixon, Sirojiyya. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 18:00 | Savol-javoblar | 212 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar