Savollarga javob berish
Assalomu alaykum! Yaqinda telegramda bir guruhga qo‘shildim. Albatta yaxshi niyatda. U erda dasturlar, kompyuter, telefonga oid muammo savol bo‘lib qolsa yozadi. Bilganlar o‘sha mummoani echimini aytib yordam beradi. Men dasturlarni vzlom qilishga oid ochiqchasiga so‘ralganlariga bilsam ham javob bermayman. Bir savol qiynayapti. Word da buni qanday qiladi, nima bunaqa bo‘lyapti, wi-fi topmayapti kabi savollarga javob berayotib. Bu dasturlarni legal yo‘l bilan olish imkoni bo‘la turib, piratini o‘rnatgan bo‘lishi 99.9 % aniq bo‘lsa ham javob berganimga gunohkor bo‘lmayapmanmikan deb o‘ylantiryapti? Imkon qadar vzlom, krek qilishlarga oid joyi bo‘lsa javob bermayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘lasizda. O‘g‘riga yo‘l ko‘rsatgan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 02:26 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘lasizda. O‘g‘riga yo‘l ko‘rsatgan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 02:26 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar