Farzand qilmishiga ota ona javobgarmi
Assalomu alaykum! 1-savol: 6 yoshli o‘g‘lim o‘rtoqlari bilan birga yangi qurilayotgan magazinning oynasini tosh bilan urib sindirishibdi bunga yarim yil bo‘lib qoldi. Do‘konchilar yangi oyna olib kelib qo‘yishdi, hech kim kim sindirganini surishtirmadi. Savolim shundan iboratki: o‘g‘lim keltirgan zararni biz to‘lab berishimiz kerakmi? Buni qiyomatda javobgarligi bizga tushmaydimi? 2-savol: yaqinda bir qo‘shnimni o‘g‘li mening o‘g‘limni ko‘zoynagini erga tashlab yuborib sindiribdi, shu uchun uning ota onasi javob beradimi? Umuman olganda farzandi birovning moliga zarar etkazsa ota onaga to‘lab berishlik vojib bo‘ladimi yoki yo‘q?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Farzand o‘zganing moliga talafot etkazsa uni qoplab berish o‘zining zimmasida. Bunga uning ota-onasi javobgar emas. Agar uning moli bo‘lmasa to molga ega bo‘lgunicha kutiladi. Siz uni qoplab bersangiz, yaxshi bo‘ladi. Vallohu a’lam!
3 Yanvar 2024, 17:46 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar