Namozlar orasida gapirish
Assalomu alaykum! Mening amakim taxminan bir yil oldin nomozga kirgan edilar. Men yaqinda qishlog‘imizga borganimda qarindoshlar davrasida masjidga chiqib nomoz o‘qish xaqida gaplashildi. Amakim: "Uyda sunnat nomozni o‘qib keyin farz nomoz uchun masjidga borguncha umuman gapirmaslik, xatto xech kimga salom xam bermaslik kerak ekan. Lekin menga bu narsa juda noqulay bo‘lyapti. Xuddiki, men ularni mensimaganday..." dedi. Lekin men shu vaqtgacha biror manbada bunaqa ma’lumotga (ya’ni sunnatni o‘qigach farz nomozga etib borguncha biror so‘z aytilmasligi kerakligi xaqida) duch kelmaganman. Mening o‘zimga xam bu masala qiziq bo‘lyapti. Chunki men shu vaqtgacha agar kimdir menga murojaat qilgan bo‘lsa, sunnat (yoki farz qismini) o‘qib bo‘lgan bo‘lsam, javob berib keyin yana keyingi qismiga niyat qilib davom ettirib o‘qiyverardim. Agar bu xolat nomozni buzsa, boshqatdan qazo nomozga niyat qilib o‘kishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sunnatni uyda o‘qigan odam masjidga borgunicha noshar’iy gapni gapirmasa bo‘ldi. Salom alik, adashganga yo‘l ko‘rsatish, gunoh bo‘lmagan gaplarni gapirishni hech qanday zarari yo‘q. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bamdodning sunnatini o‘qib bo‘lganlaridan keyin Oisha onamiz bilan gaplashib o‘tirar edilar. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ إِذَا صَلَّى فَإِنْ كُنْتُ مُسْتَيْقِظَةً حَدَّثَنِي وَإِلَّا اضْطَجَعَ حَتَّى يُؤْذَنَ بِالصَّلَاةِ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam (bomdodning sunnatini) o‘qib bo‘lganlarida uyg‘oq bo‘lsam, men bilan suhbatlashar, bo‘lmasa namozga chaqirilgunlaricha yonboshlab olar edilar». (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!
7 May 2022, 02:48 | Savol-javoblar | 140 | Ibodatlar