Koreyaga ketishda homiyning sharti

Assalomu alaykum! Meni bitta tanishim meni koreyaga jo‘natmoqchi. U menga homiylik qilib 13.500$ to‘laydi. Evaziga men borganimdan keyin birinchi navbatda o‘sha menga sarflagan pulini qaytaraman keyin kelishishimizga qarab 2-3 yil ishlagan pulimdan har oy 50% unga berishim kerak. Ikkala tomon ham bu kelishuvdan rozi. Bu qilmoqchi bo‘layotgan ishimiz to‘g‘rimi sudxo‘rlik bo‘lib qolmayapdimi? Sababi men zararga ham foydaga ham sherik bo‘lmayapman. Ya’ni men hech qanaqa pulga tavakkal qilmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu g‘irt sudxo‘rlik bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 02:31 | Savol-javoblar | 166 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar