Oisha onamizning qilingan sehr

Assalomu alaykum! Savolimni maxallamizdagi bir kishini iltimoslari bilan yozyapman. U kishi bir joyda shunday narsani o‘qibdilar. Qaysi kitobda o‘qiganlarini va kimning kitobini ekanligini aytmadilar. Bir kuni Oyshi onamiz(r.a) betob bo‘libdilar. Shunda oldilariga tabib kelib kuribdi va «Sizni issik sovuq qilgan va sizni falonchi qulingiz qilgan» debdi. So‘ng shu qulning oldiga borib nega bunday qilganligini so‘ralsa, qul -«Oysha(r.a) agar o‘lsam sen ozodsan degani uchun qildim» degan ekan».
Shunday voqea bo‘lganmi? Agar shunday voqea bo‘lgan bo‘lsa tabib tabib emas folbin bo‘lib chiqadiku. Islomda folbinga ishogan dinda chiqadi deyilganku? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن عمرة عن عائشة أنها مرضت، فتطاول مرضها، فذهب بنو أخيها إلى رجل، فذكروا له مرضها، فقال: إنكم تخبروني خبر امرأة مطبوبة، قال: فذهبوا ينظرون، فإذا جارية لها سحرتها، وكانت قد دبرتها، فدعتها، ثم سألتها ماذا أردت قالت: أردت أن تموتي حتى أعتق، قالت: فإن للّه عليّ أن تباعي من أشد العرب ملكة، فباعتها، وأمرت بثمنها، فجعل في مثلها، انتهى. ورواه الحاكم في "المستدرك -في كتاب الطب Umar roziyallohu anhu Oisha onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qiladilar: Oisha roziyallohu anho bemor bo‘lib, bemorliklari cho‘zilib ketdi. Shunda akasining farzandlari (tabib) kishining huzuriga borib qanday bemorligini zikr qilishdi. Tabib “Hozir sizlar menga sehrlangan ayolning xabarini beryapsizlar” dedi. So‘ng ko‘rgani borishdi. Qarasalar Oisha onamiz “Mendan keyin ozodsan” degan bir joriya sehr qilgan ekan. Uni chaqirdi va nimani iroda qilganini so‘radi. “Ozod bo‘lishim uchun o‘lishingizni iroda qildim” dedi. Shunda Oisha onamiz “Allohga nazr qildim, seni qattiq qo‘l arabga sotilinasan” dedilarda sotib yubordilar va puliga unga o‘xshashini sotib oldilar. Hokim rivoyati. Bu hadisni hadis ulamolaridan Shuayb Arnaut sahih degan. Bu rivoyatdan Oisha onamiz oldilariga kelgan odam folbin ekanligi kelib chiqmaydi. Chunki oddiy ilm sohibi ham alomatlariga qarab sehrning alomatlarini bilishi mumkin. Kitoblarda sehrning alomatlari va ta’sirlarini batafsil bayon qilingan. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 13:31 | Savol-javoblar | 158 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar