Paygambarimizni tushda ko‘rish

Assalomu alaykum. 1). Kitobda bir duo keltirilgan “kimki shu duoni o‘qib yurishga odat kilsa tushiga paygambarimiz Muxammad s.a.v kiradi deyilgan. Haqiqatdan xam shundaymi?
2) O‘zini yomon xis qilsa dam soldirib yubor deyishadi. Islomda bunga qanday qaraladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Kimlardir tajriba qilgan bo‘lishi mumkin. 2). Dam soldirish bor narsa, shariat buni aslo inkor qilmaydi. عَنْ أَبِي سَعِيدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ جِبْرِيلَ أَتَى النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: اشْتَكَيْتَ؟ فَقَالَ: نَعَمْ، قَالَ: بِاسْمِ اللهِ أَرْقِيكَ، مِنْ كُلِّ شَيْءٍ يُؤْذِيكَ، مِنْ شَرِّ كُلِّ نَفْسٍ أَوْ عَيْنِ حَاسِدٍ، اللهُ يَشْفِيكَ، بِاسْمِ اللهِ أَرْقِيكَ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ Abu Sa’iyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Jabroil Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Bemor bo‘ldingmi?», dedi. «Ha», dedilar u zot. Shunda u: «Bismillahi arqiyka, min kulli shay’in yu’ziyka, min sharri kulli nafsin av ayni haasidin. Allohu yashfiyka, bismillahi arqiyka», dedi». Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar. Sharh: Duoning ma’nosi bunday: «Senga ozor beradigan har bir narsadan, har bir nafs yoki ko‘zning yomonligidan Allohning nomi ila senga dam solurman. Alloh senga shifo bersin. Allohning nomi ila senga dam solurman». ("Hadis va Hayot" kitobidan). Eng afzali kishi o‘ziga dam solishidir. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 13:31 | Savol-javoblar | 158 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar