Oilaviy savol

Assalomu alaykum! Dadam 2010-yildan buyon ichkilikka ruju qo‘yganligi uchun vaqti vaqti bilan farg‘ona narkologiya dispanserida davolanib keladi. Oxirgi 3 yilda sog‘lig‘iga jiddiy xaf tug‘diradigan darajada ko‘p ichyapti. Narkologiya dispanseri ixtiyoriy davolanish bo‘limida xar oyda ikki marta 10 kundan davolanayotgan edi. Xozirga kelib u erda ushlashni iloji bo‘lmayapti. Xumor tutgan paytga banitsadan qochib chiqib qishlog‘imizgacha bo‘lgan 50 km masofani piyoda bosib o‘tadi. Bir kunda ikki martalab qochyapti. A majburiy davolanish bo‘limi xam bor u erda nazorat kuchli milliy givardiya tomonidan nazorat qilinadi, lekin u erga yotkizgudek bo‘lsam meni dadam oq qilishini onamni esa 3 taloq qo‘yishini aytib kelyapti. Doktirlar esa majburiyga o‘tkazmasak uzoq yashamaydi dadang deyishyapti. Dadamni holatini ko‘rib sudga ariza berdim(majburiy davolanish uchun kasal sudlanadi). Seshanba kuni sudxo‘rlik, boshim juda qatgan iltimos tezroq javob bering domla dadamni gapi o‘tadimi yoki o‘tmaydimi? Agar o‘tsa sudni to‘xtatishim mumkin xali.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday paytda o‘tmaydi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 04:59 | Savol-javoblar | 135 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar