Odam atoning bo‘ylari

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir maruzada Odam alayhissalomning bo‘ylari kamida 60 metr bo‘lganini ta’kidladi. Rostdan ham Odam atoning bo‘ylari 60 metr bo‘lganmi? Vaqtingizni ajratib savolimga javob berganingiz uchun avvaldan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ خَلَقَ اللهُ آدَمَ وَطُولُهُ سِتُّونَ ذِرَاعًا، ثُمَّ قَالَ: اذْهَبْ فَسَلِّمْ عَلَى أُولَئِكَ مِنَ الْمَلَائِكَةِ، فَاسْتَمِعْ مَا يُحَيُّونَكَ، تَحِيَّتُكَ وَتَحِيَّةُ ذُرِّيَّتِكَ. فَقَالَ: السَّلَامُ عَلَيْكُمْ. فَقَالُوا: السَّلَامُ عَلَيْكَ وَرَحْمَةُ اللهِ. فَزَادُوهُ: وَرَحْمَةُ اللهِ. فَكُلُّ مَنْ يَدْخُلُ الْجَنَّةَ عَلَى صُورَةِ آدَمَ، فَلَمْ يَزَلِ الْخَلْقُ يَنْقُصُ حَتَّى الْآنَ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Alloh Odamni yaratdi. Bo‘yi oltmish ziro’ edi. So‘ngra unga: «Bor, anavi farishtalarga salom ber va sen bilan nima deb salomlashishlarini eshitib olki, (bu) sening va zurriyotingning salomlashuvi bo‘ladi», dedi. U «Assalaamu alaykum», dedi. Shunda ular: «Assalaamu ’alayka va rohmatullooh» deb, bunga «va rohmatullooh»ni qo‘shimcha qilishdi. Jannatga kiradigan har kim Odam suratida bo‘ladi. Yaratilmishlar hozirgacha kichrayib keladi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Bir ziro’ qancha santimetrligi haqida ulamolar ixtilof qilganlar. 45-60 deganlar ham bor. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 06:39 | Savol-javoblar | 275 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar