Azonni cho‘zib aytilganda

Assalomu alaykum! Biz yashayotgan maxallamizdagi masjitda azonni judayam cho‘zib 10-15 minutdan oshiq vaqt aytishadi. Cho‘zish kerak bo‘lmagan joylaridayam judayam cho‘zib yuborishadi, biz ayollar ko‘pincha ish bilan band bo‘lamiz masalan ovqat qilayotgan bo‘lamiz va o‘tirib azonni eshitib duosini qilgunimizcha ovqat kuyib ketadi. Ko‘pincha juda uzoq chaqiradi deb azonni eshitsak xam ishimizni qilib yuramiz. Shunaqa vaziyatda taqvosizlik qilib qo‘ymayapmizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ishlaringizda davom etaveringlar. Azonga ish qilib turib ham javob berib, azon tugagach duosini o‘qish joiz. Azon vaqtida o‘tirib olsin degan joyi yo‘q. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 07:32 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar