Qarz bersa harom yo‘lga ishlatsa

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar menga qarz berish tushuntirish beringlar. Masalan biror kishi mandan qarz so‘radi men esa qarz berdim lekin u odam pullar bilan o‘zi xohlagandek ishlatsa(gunoh ish qilsa) menga xam gunox yoziladimi? Qarz so‘ragan odamdan nimaga qarz so‘rayapsan deb so‘rashim kerak to‘g‘rimi? Lekin u boshqa narsaga deb o‘zi boshqa narsaga sarflasachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bilib turib bersangiz gunoh yoziladi. Bilmasangiz yozilmaydi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 07:32 | Savol-javoblar | 132 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar