Onam soqol qo‘yishimga boshqacha qarashyapti

Muhtram Ustoz,Bilamizki hammamiz soqol qo‘yib yurish Rosullulloh (s.a.v) targ‘ib qilgan sunnatdir.Meni o‘zim ham soqol qo‘yishni yaxshi ko‘raman. Lekin onajonim va ba‘zi qarindoshlarim bunga qarshilik qilishyapti. Ular hozir mandan uzoqda, man AQSHda tahsil olaman. Lekin ohirgi su‘ratlarimni yuborganimdan keyin, onam manga qattiq ohangda "O‘g‘lim soqolini olib chiroyli yigit bo‘lishingni hohlayman!" deb aytishdi. Man ularga tushintirdim bu amal payg‘ambarimiz qilgan sunnat ekanligini. Lekin baribir osha talabni qilishyapti. (Bilaman bunga yurtimizdagi keng diniy savodhonsizlik sabab bo‘lsa kerak, har hil firqlarga a‘zomasmisan deyishyapti.)1 :? Onajonimni judayam qattiq yaxshi ko‘raman, albatta Payg‘ambarimiz(s.a.v)dan keyin. Onam bu ishni har hil qo‘ni qo‘shni, mahalla kuydagilarni gapidan qo‘rqib ham qilayotganlarini ham bilaman. Yuqoridagi vaziyatda nima qilishim mumkin?2 :? Soqolni qirib olib bulmaydi, Abu Hanifa mazhablarida yuzga tig‘ tekkizilmaydi deyilganini eshitgandim, shu forumda ham sizni javobingizni o‘qigandim. Bir erni imomidan badanning soqoldan boshqa erlarini hamisha qirib yurish kerak, qaychi ishlatish mumkin emas deganlari haqida so‘ramoqchi edim. Soqoldan [u]boshqa[/u] erlarda qaychi ishlatish mumkinmi? Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1.Sunnatni qilish kerak.2.Mazkur joylarga qaychi ishlatsa bo‘ladi.

21 Aprel 2022, 13:32 | Savol-javoblar | 141 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar