Tikuvchilikda yolg‘on ishlatish

Assalomu alaykum! Tikuvchiga buyurtma berilgan, yorliqlarida (etiketkasi razmerida ko‘rsatilgan) Made in Kyrgizstan yoki boshqacha etiketkalarni buyurtmachi bergan, tikilayotgan kiyimlarga qo‘shib tikishlik uchun. Uydagi tikuvchilar tomonidan O‘zbekistonda tikilyapti. Ushbu yorliqlarni tikib sotilgan mahsulotlardan olingan daromad joizmi? Tikuvchiga, buyurtmachiga, sotuvchiga halol bo‘ladimi yoki harom bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu yolg‘on va makr.  وَمَرَّ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم بِرَجُلٍ يَبِيعُ طَعَامًا فَسَأَلَهُ كَيْفَ تَبِيعُ؟ فَأَخْبَرَهُ، فَأُوحِيَ إِلَيْهِ أَنْ أَدْخِلْ يَدَكَ فِيهِ فَأَدْخَلَ يَدَهُ فَإِذَا هُوَ مَبْلُولٌ، فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: لَيْسَ مِنَّا مَنْ غَشَّ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَمُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ وَلَفْظُهُمَا: فَقَالَ: مَا هَذَا يَا صَاحِبَ الطَّعَامِ؟ قَالَ: أَصَابَتْهُ السَّمَاءُ يَا رَسُولَ اللهِ، قَالَ: أَفَلَا جَعَلْتَهُ فَوْقَ الطَّعَامِ كَيْ يَرَاهُ النَّاسُ، ثُمَّ قَالَ: مَنْ غَشَّ فَلَيْسَ مِنِّي«Nabiy sollallohu alayhi vasallam taom sotayotgan odamning oldidan o‘tayotib: «Qanday sotyapsan?» deb so‘radilar. U xabar berdi. Shunda u zotga «Qo‘lingni u(taom)ning ichiga tiq», deb vahiy qilindi. U zot qo‘llarini tiqsalar, ho‘l ekan. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim aldasa, bizdan emasdir», dedilar».Abu Dovud, Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar.Muslim va Termiziyning lafzida: «U zot: «Ey taom egasi! Bu nima?!» dedilar.«Yomg‘ir tekkan edi, ey Allohning Rasuli», dedi.«Odamlar ko‘rishlari uchun buni taomning ustiga qilsang bo‘lmasmidi! Kim aldasa, mendan emas!» dedilar», deyilgan. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:12 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar