Qarzni ado qilishga ulgurmadilar

Assalomu alaykum! Mening opoqim olamdan o‘tganlarga 1 yil bo‘ldi. Opoqimga dadalari “2 kishidan qarzim bor to‘lab qo‘ygin” degan ekanlar, opoqim rahmatlik ulgumadilar. Bizda qarzning miqdori va kimdan olinganligi haqida malumot yo‘q. Shuni qanday to‘lasak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ba’zi narsalarni echimi bo‘ladi, ba’zi narsalarniki esa bo‘lmaydi. Ya’ni bu dunyoda hal qilib olishi kerak bo‘ladi. Siz so‘ragan narsa ham bu dunyoda hal qilib olish kerak bo‘lgan narsalardan.وَلِلنَّسَائِيِّ: وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَوْ أَنَّ رَجُلًا قُتِلَ فِي سَبِيلِ اللهِ، ثُمَّ أُحْيِيَ ثُمَّ قُتِلَ، ثُمَّ أُحْيِيَ ثُمَّ قُتِلَ وَعَلَيْهِ دَيْنٌ مَا دَخَلَ الْجَنَّةَ حَتَّى يُقْضَى عَنْهُ دَيْنُهُ Nasaiy qilgan rivoyatda:
«Mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zot ila qasamki, agar bir kishi Allohning yo‘lida qatl qilinsa, so‘ng tiriltirilsa, yana qatl qilinsa va tiriltirilsa, so‘ng yana qatl qilinsa-yu, uning zimmasida qarzi bo‘lsa, qarzi ado etilmaguncha jannatga kirmas», deyilgan.
Sharh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qasam ichib turib aytishlari ham bu ish qanchalik ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi.
Alloh taoloning yo‘lida shahid bo‘lish qanchalik ulug‘ maqom. Shahid uchun jannat eshiklari doimo katta ochiq. Lekin qarz ishi og‘ir. Agar inson Allohning yo‘lida bir emas, uch marta shahid bo‘lsa ham, qarzini ado qilmagan bo‘lsa, jannatga kira olmaydi. Unday odamning jannatga kirishi olgan qarzining uzilishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Qarzi uzilsa, jannatga kiradi, bo‘lmasa yo‘q.
Chunki qarz bandaning haqqi, bu haqni faqat o‘z egasi kechadi, xolos. Alloh taolo kechmaydi. Qarz olib, uni uzmay yurganlar bu haqiqatni yaxshilab anglab olmoqlari lozim. ("Hadis va Hayot" kitobidan).  Vallohu a’lam!

7 May 2022, 09:44 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar