Ajrashish joizmi?
Assalomu alaykum! Ayolim yosh, uy xizmatlariga ulgurmayabdi. Bu esa ota-onamga yoqmasdan, ayolimni dangasalikda ayblab, ajrashgin deb har kuni quloq miyani eyishyabdi. Shu ayb bilan ajrashishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bizning dinimizda ota-ona ajrash desa ham, bolaning ajrashmaslikka haqqi bor. Uy ishlarini bajarish ayolingizning zimmasiga vojib emas. U cho‘ri emas, balki hur ayol hisoblanadi. Kelinlar erining yaqinlarini, xususan ota-onasini hurmatlarini qilsa, ularning xizmatlarini ado etsa, eriga bo‘lgan itoati va muhabbatini ziyodaligini alomati sifatida qilishadi. Kelinlar ham qaynota-qaynonalar ham o‘rtadagi adolatli mezonga qarab kelishlari kerak. Hamma o‘zi tarafga qarab tortsa oilalar tinchimaydi. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=27640.0
29 Aprel 2022, 01:35 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush