"Iymon" kitobidan

Assalomu alaykum muxtaram Shayx xazratlari! Sizning "Iymon" kitobingizni o‘qish davomida shundey jumlani uchratim, kitobdan iqtibos: "Kim safiyx bo‘lsa, maxkamaning xukmi ila uning molu mulki to‘xtatib qo‘yiladi. Kerakli bo‘lganda, malum miqdori beriladi, qolgani saqlab turiladi." Iymon kitobi 44- bet. iqtibos tugadi. Xazrat bunaqa qoida adashmasam bizi davlatda yo‘q. Siz bu jumlada Saudiayadagi qoidani nazarda tutmoqdamisiz? Xazrat iltimos biroz tushintirib bersangiz! Oldindan tashakur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qarzdor bo‘lganlar, bolasiga nafaqa bermayotganlar va shunga o‘xshash noo‘rin sarf qilayotganlarning mablag‘ini muzlatish hamma erda bor. Men yozganimda shariatning hukmini yozganman. Bugungi tuzumlar bilan ishim yo‘q va bo‘lishi mumkin ham emas. Arab davlatimi boshqami menga farqi ham yo‘q. Men shar’iy matnda kelgan ma’noni tushuntirishga harakat qilganman.

7 May 2022, 11:00 | Savol-javoblar | 163 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar