Bu holatda ham taloq bo‘lib qolmaydimi
Assalomu alaykum! Savolim uzunligi uchun uzr so‘rayman. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Anchadan beri meni bir savol qiynaydi. 1) Turmush o‘rtog‘imni oilasi juda uyat mavzuda tuhmat qilishdi. Chiday olmadim. Ajrashmoqchiman, ketaveraymi deganimda “ketaver” dedi. Keyin shaxsiy narsalarim bilan ota uyimga ko‘chib ketdim. Uydan ajrashish niyatida ketganim va u ketishimga rozi bo‘lganida taloq tushadimi? Keyinchalik qaytib yashab ketdik, biror masjidga borib imomdan nikoh o‘qitish kerakmi bilaylik desam urishib berdi. Hech narsa qilmay yashab ketdik. 2) Qaynonamlar meni boshqa erkakni sevib qolgan, unga uchrashaylik deb yalinib yuribdi deb menga tuhmat qilishdi. Undan tashqari qaynonam, qaynopam va xolasi tarafidan menga farzandli bo‘lishga ruxsat yo‘q edi. Turmush o‘rtog‘im bilan Uch yil na manaviy na jismoniy muomalaga ruxsat berishmadi. Er xotinlik aloqalari oramizda yo‘q edi. Faqatgina uyda ish qilish uchun uylangan xizmatkorga o‘xshardim. Hiyonatda ayblashganidan keyin ajrashish niyatida uydan ketdim. Turmush o‘rtog‘im ket ham qol ham demadi. Ketganimdan keyin telefonda ajrashish borasida niyatiz nima, gaplashib olaylik dedim. “Bilmayman, ayam sen bilan boraman deyapti” dedi. Ayangizni emas sizni xohishingizni bilmoqchiman desam, indamadi, javob berishdan qochdi. ( farqi yo‘qdek, o‘xshasa yashab, o‘xshamasa yashamayman degandek tutdi o‘zini). Bu vaziyatda ajrashish niyatida bo‘lganim va u aniq javob bermaganida taloq bo‘lmaydimi? 3) Qaerdan qanday pul topaetganini anig‘ini bilmayman. Kam ishlab ko‘p topyapti. Bir tanishi bitsoin dan pul topadi. U bilan yaqin bo‘lib ketdi va u bilan bitsoin mavzusida gaplashib turdi. Ko‘nglim g‘ash. O‘zidan shu sistemadan pul topayaapsizmi desam birdan jahl bilan bu mavzuda gaplashmayman deb turib oldi. Agar topaetganlaringiz haloldan bo‘lmasa buni qabul qilmayman ketaman dedim. Unda ketaver deb boshi bilan eshikni ishora qildi. Bu holatda ham taloq bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Niyatini so‘rang. Agar ajrashish niyatida ketaver degan bo‘lsa taloq tushadi. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 16:35 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Niyatini so‘rang. Agar ajrashish niyatida ketaver degan bo‘lsa taloq tushadi. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 16:35 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush