Tovuni so‘yib qaynoq suvga solish
Assalomu alaykum! Tovuqni so‘yib patini yulmasdan turib shundagicha issiq suvga solib keyin ichidagi a’zolarini olib tozalasa, o‘sha go‘sht xarom bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! So‘yilgan hayvonni qaynoq suvga solishOdatda hammamiz tovuqni so‘yganimizdan keyin uning patlari oson yulinishi uchun qaynagan suvga solishga o‘rganganmiz. Xususan, tovuq go‘shti etishtiruvchi fabrikalarda ham tovuqlar so‘yilganidan keyin patlari yulinishi uchun qaynagan suvga solinadi. Shu masala borasida ba’zi bir ulamolarimiz tovuqni ichidagi ichak va boshqa a’zolari olinmasidan oldin uni qaynagan suvga solinadigan bo‘lsa, ichidagi najosatlar go‘shtiga tarqab ketadi – deganlar. قال في الفتح: إنها لا تطهر أبدا، لكن على قول أبي يوسف تطهر، والعلة- والله أعلم- تشربها النجاسة بواسطة الغليان “Durrul Muxtor” kitobida : Shuningdek hech qachon pok bo‘lmaydigan narsalar sirasiga qornini yorib, ichidagi najosatlarini chiqarib olmasdan patlarini yulish uchun qaynab turgan suvga solingan tovuqdir. Alloma ibni Obidin “Fath” kitobida shunday deganlar : bunday qilingan tovuq abadiy pok bo‘lmaydi. Lekin Abu Yusuf(r.a)ning qavllariga binoan (o‘sha tovuqni suvga solib uch bora toki suvi qaynab tugaguncha kabi amaliyot ila) pok bo‘ladi – deganlar. Abadiy poklanmasligiga sabab, VallohuA’lam go‘sht qaynoq suvda najosatni shimib olishidir.
Ba’zi bir fiqhiy kitoblarda osmonda uchib ketayotgan qushni kamon bilan urib tushirilganida qaynab turgan sho‘rvaga tushsa, sho‘rva pok qoladimi, qushning go‘shtichi? – deyilgan savolga, qushning badanidagi najosatlar evaziga sho‘rva nopok bo‘ladi. Qushning go‘shtiga kelsak, sho‘rva agar qaynab turgan holatida bo‘lsa qushning ichidagi najosat go‘shtiga tarqab ketganligi tufayli qushning go‘shti ham harom bo‘ladi – deyilgan. Shuning uchun, tovuq go‘shtini ham qaynoq suvga solishda ikki narsaga e’tibor berish kerak.
1-suv qaynash darajasiga etmasligi kerak. Soha mutaxassislari suvni 100˚S issiqlikda qaynaydi deyishgan. Shuning uchun, suv o‘sha darajaga etmasligi kerak. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra suv dengiz sathidan o‘rtacha bo‘lgan balandlikda 100˚S-da, tog‘li xududlarda esa 70˚S-da qaynar ekan.
2-go‘shtni qaynoq suvda ichidagi najosat tarqamaydigan vaqtgacha turishligi. Ya’ni, najosat go‘shtga tarqaydigan vaqtgacha qaynoq suvda turmasa, go‘sht harom bo‘lmaydi. Alloma ibni Obidin “Roddul Muxtor” kitobida Misrdagi “Samit(ustidan qaynoq suv quyilib tuki yulingan hayvon, parandalar) go‘shti” haqida gapirib, وعليه اشتهر أن اللحم السميط بمصر نجس، لكن العلة المذكورة لا تثبت ما لم يمكث اللحم بعد الغليان زمانا يقع في مثله التشرب والدخول في باطن اللحم، وكل منهما غير متحقق في السميط حيث لا يصل إلى حد الغليان، ولا يترك فيه إلا مقدار ما تصل الحرارة إلى ظاهر الجلد لتنحل مسام الصوف، بل لو ترك يمنع انقلاع الشعر" U go‘sht Misrda najosat deb mashhur bo‘lib ketgan. Lekin, yuqoridagi sababga ko‘ra, go‘sht qaynoq suvda najosat ichiga singib ketadigan vaqtgacha turmasa go‘sht najosat bo‘lmaydi. Najosat go‘shtga tarqab ketishi samit go‘shtida topilmaydi. Chunki, u solinayotgan suv qaynash darajasiga etmaydi va u yungni oson yulinishi uchun terining yuza qismigagina ta’sir qiladigan darajada suvda turadi xolos. Agar u suvga solinmasa yungi yulinmaydi – deganlar.
Shuning uchun agar tovuq uzoq muddat suvda turadigan bo‘lsa, qaynoq suvga solinmasin. Agar qaynashga yaqin suvga solinadigan bo‘lsa ichidagi najosat go‘shtiga tarqab ketadigan vaqtgacha uzoq turmasin. Agar ikkisini ham iloji bo‘lmasa, tovuqni orqa tomonidan ichidagi najosat, ichak va qorinlarini olib tashlasin.
Ba’zi bir joylarda qo‘yning terisini hammasini ozroq yog‘i bilan shilib, so‘ng uni issiq suvga solinadi va uni junini qirib tashlab ichiga go‘sht o‘rab pishiriladi. Bunda ham agar suv qaynash darajasida bo‘lsa, hamda yunglari orasidagi najosatlar teridagi yog‘ va go‘shtga shimib ketish miqdoricha tursa go‘sht najosat bo‘ladi va iste’molga yaramaydi. Shuning uchun avvalo suv qaynash darajasiga etkazmasligi kerak. Agar qaynoq suv quyilsa, najosat yog‘ va go‘shtga tarqaydigan vaqtgacha turmasligi kerak. Shuningdek qo‘y, mollarning qorin va ichaklarini tozalovchilar qorinni ichidagi najosatlarini to‘kib yuvishadi. So‘ngra qozonda qaynab turgan suvga solib ivitib, issiq-issiq holida olib ichidagilarni qiradi. Agar qorin sovub qolsa, yana qozonga solib ivitib olib yana qiradi. Bu holatda ham qorinning ichi va tashidagi najosat qolmaganligiga e’tibor berish kerak. Aks holda qaynoq suvga solinganligi, najosat bo‘lsa uni shimib olish darajasida turadigan bo‘lsa u ichak va qorinlar ham najosatga aylanadi. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 11:11 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar