Duo qilganda

Assalomu alaykum! Duo qilganda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qanday duo qilgan bo‘lsa men xam shunday duo qildim deb aytsam mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي أُمَامَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: دَعَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِدُعَاءٍ كَثِيرٍ لَمْ نَحْفَظْهُ، قُلْنَا: يَا رَسُولَ اللهِ، دَعَوْتَ بِدُعَاءٍ كَثِيرٍ لَمْ نَحْفَظْ مِنْهُ شَيْئًا، فَقَالَ: أَلَا أَدُلُّكُمْ عَلَى مَا يَجْمَعُ ذَلِكَ كُلَّهُ؟ تَقُولُ: اللَّهُمَّ إِنَّا نَسْأَلُكَ مِنْ خَيْرِ مَا سَأَلَكَ مِنْهُ نَبِيُّكَ مُحَمَّدٌ، وَنَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا اسْتَعَاذَ مِنْهُ نَبِيُّكَ مُحَمَّدٌ، وَأَنْتَ الْمُسْتَعَانُ وَعَلَيْكَ الْبَلَاغُ، وَلَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ إِلَّا بِاللهِ Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘p duo qildilar. Biz uni yod olmadik. So‘ngra:
«Ey Allohning Rasuli! Ko‘p duo qildingiz. Biz undan hech narsani yod olmadik», dedik.
Shunda u zot:
«Sizlarni o‘shaning hammasini jam qiladigan narsaga dalolat qilaymi? «Allohim! Albatta, biz Sendan Nabiying Muhammad sollallohu alayhi vasallam so‘ragan xayrli narsalarni so‘raymiz. Sendan Nabiying Muhammad sollallohu alayhi vasallam panoh so‘ragan yomon narsalardan panoh so‘raymiz. Sen yordam so‘ralgan Zotsan. Etib borish sengadir. Allohda boshqada kuch ham, quvvat ham yo‘q», denglar», dedilar».
Sharh: 
Demak, Alloh taologa «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so‘ragan narsani so‘rayman, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam panoh so‘ragan narsadan panoh so‘rayman», deb qilingan duo juda ko‘p narsani qamrab olar ekan.
Ulamolar «Ushbu duo kabi jamlovchi va foydali narsa yo‘q», deganlar. Chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam bu duolarida dunyo va oxiratning yaxshiliklaridan biror narsani qoldirmay so‘radilar hamda dunyo va oxiratning yomonligidan birortasini qo‘ymay panoh so‘radilar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

7 May 2022, 11:54 | Savol-javoblar | 149 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar