G‘uslda niyat

Assalomu alaykum! Yaqinda bir kishining savolini o‘qib, g‘usl haqida bir savol tug‘ildi. U erda “fiqh.uz” saytidan olinib savol yo‘llangan ekan. Men quyidagi ikki xil usulda g‘usl olaman:
1- asosan juma kunlarida. Hech qanday niyyat qilmasdan istinjo qilaman va “auzubasmala”ni aytib toharatga niyat qilaman. Vanna bo‘lganligi uchun oyog‘imni ham yuvaman. So‘ng yana “auzubasmala”ni aytib g‘uslni niyat qilaman va g‘usl olaman.
2- oddiy holatlarda. Hech qanday niyat qilmasdan istinjo qilaman va “auzubasmala”ni aytib g‘uslga niyyat qilib, g‘usl olaman. Bu erda istinjodan avval ham niyyat qilinadimi yoki shu holatlarim to‘g‘rimi? Agar avval niyat qilinsa qayta niyat shartmi? Iltimosim shuki, agar meni xatolarim bo‘lsa iltimos tushuntirib va to‘g‘rilab bersangizlar.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! G‘usl qilishdan avvalgi niyatingiz kifoya qiladi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:34 | Savol-javoblar | 144 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar