Kechikish

Assalomu alaykum! Namozga kechikib kelgan odam yani 4 rakatlik namozning 4- rakatiga ulgurgan inson 4- rakatni o‘qib bulib jamoat salom bergandan so‘ng avval ikki rakat o‘qib keyin tashaxxudga o‘tiradimi yoki bir rakat o‘qibmi? Va xuddi shunday shom namozining 3-rakatini o‘qib bo‘lgandan so‘ngchi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir rak’at o‘qib. Shomda ham. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 12:05 | Savol-javoblar | 199 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar