Mochepriemnik qo‘yilganning taxorati

Assalomu alaykum! Otamning yoshlari 73da. Qovug‘lari operatsiya yo‘li bilan olib tashlangan. Qorin sohalaridan 2ta mochepriemnik qo‘yilgan va undan bavl tinimsiz oqib qopchasiga yig‘iladi. Otam har namozda taxorat qilishlari kerakmi yoki taxoratlari buzilmasa yangilash shart emasmi? Taxoratga hamma sharoitlar bor ammo 5 mahal taxorat qilishga qiynalyapman deyaptilar. Yoki qandaydir engilliklar bormi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har namozga tahorat qiladi. Zarar berishni boshlanganda tayammum qilib olishlari mumkin. Holatni o‘zinglar baholashingiz kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 17:25 | Savol-javoblar | 142 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar