Taroveh rakaatlarida adashish

Assalomu alaykum! Men kecha uyda tarovehda jamoatga imomlikka o‘tgan edim. Shunda 12-rakaatda tashahudda o‘tirib salovatlarni o‘qin salom berish o‘rniga 13-rakaatga turib ketib qoldim. Keyin namozni davom ettirib 14 rakaat o‘qib sajdai sahv qilib namozni to‘g‘riladim. Ya’ni shunda 2 rakaatga niyat qilib 4 rakaat o‘qidik. Shu to‘g‘rimi? Lekin ko‘nglim to‘lmasdan 13 va 14-rakaatlarni boshqattan o‘qidik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Qayta o‘qishga hojat yo‘q. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 13:20 | Savol-javoblar | 142 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar