Badandagi suyuq najosatni qog‘oz bilan tozalash
Assalomu alaykum! Tahoratni ketkazuvchi narsa najas ekanligini bilib olgandim, avrat azoyimda jarohat sabab skoch yopishtirib olgandim, jarohat nozik joydaligi sabab har gal taxorat uchun borsam yoki bavl qilmoqchi bolsam, skochni yangilash kerak. bavl qilinib ketganga oxshadi, keyin qarasam suyuqlik ko‘rdim keyin skochni olib, yaxshilab qog‘ozda artib, yangi skoch yopishtirdim, qo‘limga ham bu jarayonda suyuqlik tekkanga o‘xshadi keyin qo‘limni ham yahshilab qog‘ozga artdim(yuvgan yoki yuvmaganimni eslayolmadim, yuvmaganim ko‘proq). Keyin biroz o‘rnimga yotdim (keyin tahoratga chiqib, qo‘llarimni yuvoqchidim), kiyimimni engi xo‘lroq edi, qog‘ozda artgan qo‘lim yonga tegib namlanganga o‘xshadi, keyin xo‘lroq engim ko‘rpachalarga tekkan. Xullas, ko‘rinib turgan badandan chiqqan suyuqlikni qog‘ozga artilsa badan pok bo‘ladimi? O‘sha a’zo xo‘lroq narsalarga tegsa nopok qiladimi? O‘sha xo‘lroq narsalar boshqa narsalarga tegsa nopok qiladimi deb oylab qolgandim. Men endi kiyimni, ko‘rpachalarni va qog‘ozga artilgan qo‘l tekkan narsalarni poklashim kerakmi yoki shart emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bavl tekkan narsani qog‘oz bilan poklab bo‘lmaydi. Uni suyuqlik bilan yuvish zarur.Najosatni tozalash yo‘l-yo‘rig‘i1. Najosat tekkan kiyim kamida bir marta yuvish bilan, ko‘rinadigan najosat bo‘lsa, ayni o‘zini ketkazish bilan tozalaniladi. Bu oqar suvda yoki ustidan suv quyish bilan bo‘lishi kerak. Ammo najosatli kiyim biror idishga solib yuvilsa, uni idishdan olib, uch marta ustidan suv quyib, har suv quygandan so‘ng yaxshilab siqish bilan tozalanadi. Agar kiyimdagi najosat peshobga o‘xshash ko‘rinmaydigan bo‘lsa, yuvayotgan odam toza bo‘ldi, deb qanoat hosil qilgunicha yuviladi.(Izoh: Ushbu qanoat odatda uch marta yuvib siqish bilan hosil bo‘ladi).2. Erdagi najosatning ustidan uch martagacha toza suv quyiladi va har safar bir parcha toza latta bilan artib tashlanadi. Agar najosatli erga ko‘p suv quyilib, najosatning asari qolmasa, u er ham namoz o‘qish uchun pok bo‘ladi. Bular qattiq erlarda shundaydir. Ammo najosatli er yumshoq, suv quyganda shimib ketadigan bo‘lsa, undagi najosatning asarini ketkazish bilan tozalaniladi.Er qurishi bilan ham pok bo‘ladi. Uni suv bilan tozalash shart emas. U erda namoz o‘qish joiz. Lekin tayammum uchun pok bo‘lmaydi. Chunki bu er o‘zi pok bo‘lsa-da, boshqani poklay olmaydi. Tahoratda o‘zi pok va boshqani ham poklovchi suv shart qilinganga o‘xshash, tayammumda ham o‘zi pok va poklashlik qobiliyati bor tuproq shart qilingan.3. Badandagi najosat qonga o‘xshash ko‘rinadigan bo‘lsa, u ayni o‘zini ketkazish bilan, peshobga o‘xshash ko‘rinmaydigan bo‘lsa, yuvuvchi gumonining g‘olibi bilan tozalanadi. Odatda uch marta yuvish bilan toza bo‘ldi, degan gumon g‘olib bo‘ladi.4. Najosat bo‘lgan narsa kuydirilib kulga aylansa ham toza bo‘ladi.5. Zaytun, zig‘r, paxta kabi suyuq o‘simlik moylariga najosat tushgan bo‘lsa, uch marta suv quyib, shu suvni chiqarib yuborish bilan poklanadi. Yoki yog‘ni osti teshik idishga solib, teshik berkitiladi va ustidan suv quyiladi. Shunda yog‘ suvning yuzasiga chiqadi va suv chiqib ketishi uchun teshik ochib qo‘yiladi. Shu amal uch marta bajariladi. Yog‘ suyuq bo‘lganda shunday qilinadi. Agar yog‘ qattiq bo‘lsa, najosat tekkan o‘rinni olib tashlab qolgani esa iste’mol qilinaveradi.(Izoh: Najosat tekkan narsani yuvib-siqishning iloji bo‘lmasa, qatron qilinadi. Misol uchun bir sopol piyola yoki kosaga najosat tekkan bo‘lsa, uni uch marta yuvilib, har gal tomchi suv unda qolmagunicha bir joyga qo‘yiladi. Lekin yuvib, suvini biror narsa bilan artib olish to‘g‘ri emas. Chinni idishlar esa uch marta yuvish bilan pok bo‘ladi. Shu o‘rinda darz ketgan idishlarni ishlatish makruhligini ham aytib o‘tish lozim. Agar ularga najosat tegsa, Bu najosat darzning orasiga kirb qolib, yuvish yoki qatron orqali ham toza bo‘lmaydi. Pichoq, qilich va shunga o‘xshash narsalarga najosat tegsa, ularni ishqalash bilan poklanadi. Gilam, palosga o‘xshagan narsalarning ustidan bir kecha va kunduz suv oqizib qo‘yilsa, pok bo‘ladi).6. Najosat bo‘lgan hovuz va ko‘p miqdorda suv saqlanadigan idishlar bir tomonidan toza suvni oqizib, ikkinchi tomonidan chiqarib yuborish bilan poklanadi. Quduq, ko‘l va hammomning ham suvi bir tomonidan toza suv kirgizib, ikkinchi tomonidan chiqarib yuborilsa, tozalanadi. Xuddi shu singari najosat bo‘lgan yog‘ning bir tomonidan o‘z jinsidagi toza yog‘ni oqizib, ikkinchi tomonidan chiqarib yuborilsa, toza bo‘ladi.(Izoh: Albatta bunda hovuz, idish, quduq, ko‘l va hammom suvlarining miqdorida toza suv kirgizilishi kerak. Bu miqdor aniq bilinishi yoki ikki tajribali chamalovchining so‘zi bilan aniqlanishi lozim. Yog‘ni tozalashning bu uslubi ham ushbu tartibda bo‘ladi).7. Oyoq kiyimiga tekkan quyuq najosat quruq bo‘lsa, uni ishqalab aslini ketkazish bilan poklanadi. Ammo peshobga o‘xshash suyuq najosat tekkan bo‘lsa, garchi qurib qolgan bo‘lsa ham, faqat yuvish bilan poklanadi.8. Kiyimda odamning qurigan maniysi bo‘lsa, ishqalab aslini ketkazish bilan poklanadi. Agar asli ketsa-yu, uning izi qolsa, zarari yo‘q. Ammo ho‘l bo‘lsa, uni faqat yuvish bilan tozalash vojib. Qurigan najosat yuvish yoki ishqalash bilan aslini ketkazib tozalaniladi. Uni kesak, qog‘oz bilan tozalab bo‘lmaydi. Chunki kesak va shu kabilar qurigan najosatni o‘rnidan ko‘chirib ololmaydi.9. O‘limtik hayvonlarning terisi oshlash bilan pok bo‘ladi. Cho‘chqa bilan insonning terisi oshlansa ham, pok bo‘lmaydi. Chunki insonning asli mukarramdir, cho‘chqaning asli, ya’ni ayni o‘zi najasdir. 10. O‘zi najosat bo‘lsa-yu, boshqa salohiyatli narsaga, misol uchun mast qiluvchi ichimliklar sirkaga, kiyikning qoni mushkka aylansa pok bo‘ladi. Najosatni poklashda niyat shart qilinmaydi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 09:48 | Savol-javoblar | 192 | Tahorat