Qur’onni to‘liq yod olsa va amal qilsa
Assalomu alaykum! Qiyomat kuni Qur’on homiliga "O‘qi va ko‘tarilaver deyiladi". Shunda u oyatlarni o‘qib yuqoriga ko‘tarilar ekan. Eng yuqori qismda juda xushbo‘y hid dimog‘iga uriladi. Bu hid payg‘ambarimizning muborak hidlari bo‘ladi va eng yuqoriga ko‘tarilgach payg‘ambarimizi ko‘radi va u zot bilan bir davrada o‘tiradi. Lekin shunda xam mamnun bo‘lmagandek bo‘ladi. Shunda Alloh udan so‘raydi: Nega mamnun emassan? U: Ota-onam do‘zaxda qolib ketdi men esa bu erda. Ular o‘tda azoblanayotganligiga achinyapman deydi. Keyin Alloh ota-onasini do‘zaxdan chiqaringlar jannatga kiritinglar deydi. Buni ko‘p xadislardan xabari bor bir qoriaka masjidda xufton namozidan keyin shu mazmunda maruza qilgan edi. Xaqiqatda shundaymi? Agar shunday bo‘lsa o‘sha xadis bilan to‘liqroq tanishmoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayni siz aytgan lafzlar bilan sahih hadis topolmadik. Bu boradagi sahih hadis quyidagi: عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يُقَالُ لِصَاحِبِ الْقُرْآنِ اقْرَأْ وَارْتَقِ وَرَتِّلْ كَمَا كُنْتَ تُرَتِّلُ فِي الدُّنْيَا، فَإِنَّ مَنْزِلَتَكَ عِنْدَ آخِرِ آيَةٍ تَقْرَأُهَا. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَصَحَّحَهُ Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qur’on sohibiga: «Qiroat qilib ko‘tarilaver. Dunyoda qandoq tartil qilgan bo‘lsang, xuddi shunday tartil qil. Albatta, sening manziling oxirgi qiroat qilgan oyating darajasidadir», deyiladi», dedilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar. Termiziy sahih degan.
Sharh: Bu hadisi sharifda vasf qilinayotgan ko‘rinish qiyomat kuni jannatda bo‘ladi. Bu dunyoda Qur’on o‘qigan odam jannatga kirgan. Endi unga jannat martabalaridan o‘ziga yarasha martaba berish kerak. Ana shunda:
«Qur’on sohibiga: «Qiroat qilib ko‘tarilaver», deyiladi. Ya’ni jannat ishlarini yuritib turgan farishtalar Qur’on sohibiga jannat martabalari zinasini ko‘rsatib, «Qiroat qilib ko‘tarilaver»,
«Dunyoda qandoq tartil qilgan bo‘lsang, xuddi shunday tartil qil. Albatta, sening manziling oxirgi qiroat qilgan oyating darajasidadir», deydilar.
Qur’oni Karimni tartil qilish sekin, shoshilmay, dona-dona qilib qiroat qilishdir. Demak, Qur’on sohibi bu dunyoda Qur’oni Karimni qanday o‘qigan bo‘lsa, o‘shanday o‘qib, martaba zinasidan ko‘tarilib boraveradi. Agar u Qur’oni Karimni to‘liq yodlagan bo‘lsa, martaba zinasining eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi. Ozroq o‘qigan bo‘lsa, martabasi ham ozroq bo‘ladi. Xullas, uning manzili zina bo‘ylab ko‘tarilayotib, oxirgi o‘qigan oyati tugagan joyda bo‘ladi.
Bas, shunday ekan, jannatdagi martabamizning baland bo‘lishi uchun harakat qilaylik. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
7 May 2022, 13:42 | Savol-javoblar | 162 | Ibodatlar