Taqinchoqlar haqida

Assalomu alaykum! Ustozlar islom.uz saytida Ayollarga zebu ziynat taqinchoq halol deb ruxsat berilgan ekan. Faqat nomahram erkaklarni shahvatini qo‘zg‘amaydigan, ko‘zini uynatmidigan va fitna chiqarmaydigan bo‘lishi kerak” deyilibdi. Lekin naxot erkaklar taqinchoqlarni ko‘rib ham shaxvati qo‘zg‘asa, keyin qay darajada, masalan nimalarni taqish mumkun?  Jamoat joylarida 3ta barmog‘iga uzuk taqish qulog‘iga zirak, bo‘yniga zanjir taqish mumkunmi? Albatta taqishdan maqsad chiroyli bo‘lish bo‘ladi. Buni ham yozilgan ekan, ayollar tabiatan go‘zal bo‘lishga harakat qiladigan, shunga moyil qilib yaratilgan. Shuning uchun halol qilingan deb.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bularning barchasi ayol kishining eri uchun bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 13:32 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar