Ishxonamdagi suvdan ichish
Assalomu alaykum! Hozirgi kunda Turkiyadaman. Mehmonxonada ishlayman. U er 3 ta aka-ukalarniki hisoblanadi, lekin ular o‘zlari ishongan bir kishiga shu erni yurgizasan deb topshirishgan, lekin hamma xarajatlarni, ya’ni oziq-ovqatlar, suvlar boshqa narsalar o‘sha 3 aka-ukalarni pullariga keladi. Menda shunday holatki, bizga barlarda suvlar turadi. Oddiy holatda “mumkinmas” deyishadi, lekin so‘rasam aka-ukalar qo‘ygan odam “so‘rab olib ichishingiz mumkin degan” deyishdi. Endi u suvlar u odamning puliga kelmaydi, lekin o‘sha odam bu erda katta boshliq. Undan kattasi yo‘q, lekin u ruxsat bergan. Shu holatda suvdan ichsak bizga halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aka ukalar belgilab qo‘ygan shartlarga bog‘liq. Sizni bepul ichishingizdan norozi bo‘lishadigan bo‘lishsa ichishingiz joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 13:42 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom