Sadaqa va ehson

Assalomu alaykum! Bir kuni jum’a ma’vizasida imom qarz haqida shunday ma’nodagi hadisni aytdi «Payg‘ambarimiz (s.a.v) : agar menga uhud tog‘ichalik oltin bo‘lganida (yoki berilganida) 3 kun ichida miskin, muhtojlarga sadaqa qilib bergan bo‘lardim lekin 1 dirham qarzim bo‘lsa u oltinni ushlab turgan bo‘lardim» dedilar.
Bizda ko‘p miqdorda pul bo‘lmagani sababli nasiyaga shakar olib undan novvot ishlab chiqaramiz savolim shuki biz muhtojlarga yordam berishimiz, ehson qilishimiz notog‘rimi? Javoblaringiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qarzingizga olib qo‘yganingizdan ortganini ehson qilishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:25 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar