Farzandim gunoxkormi

Assalomu alaykum! Alxamdulillox 5 maxal namoz o‘qiyman, o‘ranganman. Lekin turmush o‘rtog‘im rosayam ko‘p aroq ichadi. Qur’on kitobni bir necha bor o‘qib chiqqan(o‘zbekchasini) nima to‘g‘ri nima noto‘g‘ri juda yaxshi biladi. Shunga qaramay ichgandan keyin tungi klublarga boradigan odat chiqaribdi. Allohdan shuncha insof ber iymon e’tiqodli namozga qoim bandalaring qatoridan qil deb so‘ravomman. Yaqinda uyda janjal chiqarib meni noxak ayblab boshlagandi o‘g‘lim adasiga gapirib tashladi. Odamgarchilik yo‘qmi sizda bu gaplariz bilan nima bizni tashlab ketmoqchimisiz va xakozo gaplar bilan. Endi farzandlarim yosh emas 19 ga kiradi, tez, kim xaq kim noxaq bilishadi. Savolim shundan iboratki o‘g‘lim otasiga gapirgani uchun gunxkor bo‘lib qoldimi? Albatta gapirgani ancha tasir qildi adasiga. Adasini qanday bu yo‘ldan qaytarsak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Duolarda so‘ranglar. Hojat namozini o‘qishni yo‘lga qo‘yinglar. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 17:55 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar