Hujjat olib berish
Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, quyidagi masala bo‘yicha maslahatlaringiz men uchun judayam zarur. Gap shundaki, men o‘zim ham qo‘shni davlatda o‘qiganim uchun men bilan birga o‘qigan bolalarni yurtimiz OTMlariga o‘qishlarini ko‘chirganlari munosabati bilan ularni hujjatlarini pochta orqali keltirish uchun u yoqdagi domlam bilan ish boshlaganmiz. Chegara yopiqligi sababli o‘zimiz borib kela olmaymiz, agar ochiq bo‘lgan taqdirda ham o‘zimiz borib olib kelamiz desak ancha xarajatga tushib ketamiz. Domlam har bir talabani hujjatlarini olib yuborish uchun 40$ dan belgiladi, albatta u yoqda dokumentatsiya ishlari bo‘ladi. Men bu erda hammadan dovernostlar yig‘ib pochta yoki fura orqali domlaga yuboraman va u yoqdan kelgan hujjatlarni talabalarga har xil viloyatlarga yuboraman. Men mazkur pochta xizmati, taksi pullari umuman ketadigan xarajatlar uchun 20 dollardan belgilaganman. Va shunda umumiy hisobda 60 dollarga tushadi har bir studentni hujjatlarini olib kelish. Bu narx albatta u yoqqa borib 2-3 kun yurib qaytib kelishga qiladigan xarajatlaridan nihoyatda arzonligi sababli barchaga ma’qul tushdi. Mazkur ishim joizmi ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 11:40 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 11:40 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar