Payg‘ambarimiz qilgan duolari

Assalomu alaykum! Ushbu kanaldan o‘zim bilmagan narsalarni bilib boryapman. Savolim shundan iboratki, Paygambarimiz Muxammad s.a.v ning xamma duolarni o‘zida jamlagan duolarini o‘qib yaxshi tarafga o‘zgarganimni xis qildim. Duo quyidagicha: Allohim, Nabiying Muxammad s.a.v so‘ragan narsalarning yaxshisini men xam sendan so‘rayman. Nabiying Muxammad s.a.v panox tilagan narsalarning yomonligidan men xam sendan panox tilayman. Ya’ni ushbu duo faqat erkalarga xosmi yoki ayollar xam aytsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu duolar butun ummat uchun, erkagu ayol uchun ibrat. U zot sollallohu alayhi vasallam faqat “Ehtiyojlaringizni duo qilib so‘ranglar” deb qo‘ymasdan, qanday qilib so‘rashni ham ta’limini berganlar. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 18:28 | Savol-javoblar | 243 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar