Qilgan gunohimi qanday kilib yuvishim mumkin?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, tanishim bilan benzin yoqilg‘isini sotar edik. Biz benzinni tarkibiga arzonroq bo‘lgan yonuvchi narsa qo‘shib sotar edik va litrdan ham urib qolar edik. Keyin bu narsa harom ekanligini bildim, men u mijozlarni tanimayman, boshqa ko‘rmadim ham. Qanday qilib qaytaraman? Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qo‘shganingiz miqdoricha qiymatni faqir-miskinlarga sadaqa qilasiz va taniganlaringizga “bizdan benzin olganlar haqqini olsin” deb e’lon qilasiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:15 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom