Talog‘imni olishim shartmi

Assalomu alaykum! Turmushim ayrim sabablarga ko‘ra bo‘lmadi. O‘rtamizda 1ta qizimiz bor, turmush o‘rtog‘im mandan keyin yana 2 marta uylandilar, xozir 3-xotini bilan shariy nikoxda yashamoqda. Man ota-onamni uyida yashayatganimga xam 3 yil bo‘ldi, turmush o‘rtog‘im javobimni bermagan, ammo o‘zi boshqasi bilan yashayapti. Taloq bermagan bo‘lsa xam boshqa bilan nikox o‘qitib yashasam bo‘laveradimi yoki javobimni olganimdan keyin nikox o‘qitsam yaxshimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Talog‘ingizni olishingiz va iddangizni tugatishingiz shart. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 19:11 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar