Abdulqodir Giloniy
Assalamu alaykum, hurmatli zikr ahli jamoasi! Alloh ishlaringizga barakot bersin va davomli qilsin! Urgut tumanida "Abdulqodir Giloniy" hazratlarining ziyoratgohi bor. Xalq orasida shunday gap borki, unga ko‘ra: "Bir yigit bir qizning nomusiga tegmoqchi bo‘lgan vaqtda, u kishining ko‘ngillari bu qabih ishni sezgan. Gilon shahridan turib bu erga qarata hassalarini otgan va bu erga kelib tushgan va uni savalay boshlagan”. Hozirda bu joy ziyoratgohga aylantirilgan, hassalari ham bor deyishadi. Shunga yaqin hodisa, u kishi haqidagi filmda ham bor. Bundan tashqari filmda, "Alloh izni ila tiril" deganda o‘lik tirilgan. Bu hodisa qanchalar haqiqatga yaqin. Alloh qilayotgan xayrli ishlaringizdan rozi bo‘lib, oliy jannatlarda jamolini ko‘rishni barchamizga nasib aylasin! Duolaringizdan umidvorman!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Valiylarning karomatlari haq. Alloh taolo avvalgi o‘tgan payg‘ambarlarning mo‘’jizalarini janobimiz Muhammad solallohu alayhi vasallam ummatiga karomat qilib bergan. O‘tda yonmaslik Ibrohim alayhissalom mo‘jizasi bo‘lsa, Abu Muslim Xavaloniyga karomat qilib berilgan. Tushlar ta’biri Yusuf alayhissalom mo‘jizasi bo‘lsa, Muhammad ibn Sirringa karomat tarzda berilgan. O‘lgan kishining Alloh taolo izni bilan tirilishi Iso alayhissalomga mo‘jiza qilib berilgan. Bu ummatdan birortasiga karomat bo‘lishi haqiqatdan yiroq emas. “Kitobun nubuvvaat” kitobida “Bu ummatdan bir nechalari qo‘lida(Alloh taoloning izni bilan) o‘liklarning tirilganlari sobit bo‘lgan”, deyilgan. Lekin birinchi aytilgan Urgut voqeasining asli yo‘q. Ikkinchisi borasida izlanish qilib ko‘ramiz.
1 May 2022, 07:22 | Savol-javoblar | 175 | Turli savollar