Topib olingan pullar
Assalomu alaykum! Tunov kuni qizim bilan sayrga chiqgan edik. Xojaynimlani qarzlari borligi usun Allohdan so‘rab qani endi Allohim mushkulimizni onson qilib ko‘chadan 100$ topib olsam edi xo‘jaynimlani qarzlariga berar edim zora qarzlaridan tezroq qutular edik degan fikr, niyat hayolimdan o‘tgan edi. Va shu hayol, niyat ilingida yurgan yo‘limda erga qarab o‘t beta yo‘g‘mikin rostan ham degan maqsadda qidira boshladim. Oradan azgincha vaqt o‘tgandan so‘ng esa men 100$ emas 700$ miqdorda pul topib oldim. Sizga bermoxchi bo‘lgan meni o‘ylantiryotgan savolim shuki bu pullar menga Alloh etkazdi niyatim amalga oshdi deb qabul qilsam bo‘ladimi yoki bu pullar menga halol emasmi? Shuni o‘ylab halavotim yo‘q. Lekin egasi bo‘lsa egasiga qaytarishga qarshi emasman. Egasini topishga ubu belgim ham malumotim ham yo‘q u haqda. Shunga sizlardan iltimos to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar. Qiyomatda Allohni oldida shu sababli yuzim qora bo‘lishidan qo‘rqyabman. Bu pulni biz qarzga to‘lab yuborsak biz uchun bu halolmi yoki harommi? Savolim uzun bo‘lib ketgani uchun uzur so‘rayman. Lekin biz o‘zimiz ham xozir pulga muhtojmiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga halol emas, e’lon berishingiz kerak. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan javobni o‘qing. https://savollar.islom.uz/s/88291
7 May 2022, 19:22 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga halol emas, e’lon berishingiz kerak. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan javobni o‘qing. https://savollar.islom.uz/s/88291
7 May 2022, 19:22 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom