Namozni labni qimirlatmasdan o‘qish

Assalomu alaykum! Namozda lablarni qimirlatmay namoz o‘qilsa namoz bo‘lmaydi deyilganini o‘qib qoldim. Shuncha yil bilmasdan labimni qimirlatmay namoz o‘qirdim. O‘qigan namozlarim nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha o‘qigan joyingizda yozilgan. Chunki qiroat namozning farzlaridan biri bo‘lib, usiz namoz ado bo‘lmaydi. Qiroat qiroat bo‘lishi uchun eng kami o‘zi eshitadigan darajada bo‘lishi kerak, aks holda uni shariat tilida qiroat deb aytilmaydi. Labni qimirlatib o‘qish xayoldan o‘tkazish deyiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:35 | Savol-javoblar | 138 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar