Chet eldagi xolat

Assallomu alaykum. Hozirda Yaponiyada tahsil olaman. Talabaman, bu erda ishlab, o‘qishga ruxsat bor. Ko‘pchilik talabalar bu erda do‘konlarda ishlaydi, ya’ni sotuvchi bo‘lib “Family mart”, “Seven eleven “, Lashson” va hokazo... Sotuv mobaynida sigaret, alkogolli ichimliklar, hamda cho‘chqa go‘shti ham, ham tayyorlanadi va sotiladi. Siz sotuvda turganda albatta shu sanab o‘tganlardan birontasini olib keladi. Bu holatda “men sotmayman yonimdagi sotuvchiga olib bor” deyishni imkoni yo‘q. Bundan kelib chiqadiki aralashmaslikni iloji yo‘q. Saytni doimiy kuzatib boraman. Shunga o‘xshash savol berilgan javobda: iloji bo‘lsa aralashmang deyilgan. Bilib turib ishlash hukmi nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bundan boshqa ish topishga harakat qilishsin. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 19:55 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar