Sovchilar kanaliga oid

Assalamu alaykum! Biz uch do‘st inshaalloh sovchilar kanal ochmoqchimiz, berilgan savollarga javoblaringizni o‘qib, bu faoliyat turi dallollikka kirishini va xarom aralashmasa bu ish joiz ekanligni tushundik. Quyida bazi bir savollar tug‘ilgan edi: 1). Nomzod (erkak va ayol) haqida kanalga e’lon joylaganimizda uning rasmini qo‘yishimiz joizmi (o‘zlari ruxsat berishsa) ? Qanday shartlar bajarilganda joiz ? 2). Agar rasm joylash joiz bo‘lmasa, erkak va ayol kanaldagi e’londan so‘ng o‘zaro telegramda  bir-birlariga o‘z ixtiyorlari bilan rasm jo‘natishganida biz gunohkor bo‘lib qolmaymizmi? 3). Yana bir so‘ramoqchi bo‘lganimiz shuki, biz kanalga odam qo‘shishda, odam soni ko‘paytirish maqsadida, boshlang‘ich odamlarni o‘z kontaktlarimiz orasidan qo‘shamiz, bunda odatda ulardan ruxsat so‘ralmaydi, shu narsa joizmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Rasm qo‘ymang, aksincha jonli hayotda birinchi sovchilikka borilganda ko‘rilmaganidek so‘rasa so‘ramasa rasmini qo‘yib qo‘ymanglar. Ishni o‘zlariga havola qilmasdan jonli hayotdagidek ota-onalariga bog‘lanishni yo‘lga qo‘yinglar. 3). So‘ranglar. Faxshni tarqalishiga sababchi bo‘lmanglar. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 20:06 | Savol-javoblar | 183 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar