Zargarlikda sherikchilik

Assalomu alaykum! Zargar yasagan tilla taqinchog‘ini do‘konchi sherigiga topshirsa, u taqinchoqlarni sotganda zargar tikkan pulidan tashqari bo‘lgan foydani zargar bilan teng bo‘lishib ishlashsa bo‘ladimi? Bunda tillaga pul tikish va yasash zargardan, do‘kon xarajatlari va sotish do‘konchidan. Foyda va zarar o‘rtada bo‘linadi. Shunday sherikchilikda ishlash joizmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!
Siz aytgan suratda zargar do‘konchini sotib berish uchun ijaraga olmoqda. Shariatimizda sotib berganning ijara haqqi tayin bo‘lishi shart. Shuning uchun faloncha so‘mga sotsang, faloncha haq beraman – deb tayin qilib olinishi shart. Buni belgilashda odatda ko‘rilayotgan foydani yarmini haq qilib belgilash ham mumkin. Bu holatda buyum zargarniki do‘kon egasi sotib berganiga haq oladi. Bunda zarar o‘rtada degan narsa bo‘lmaydi. Har kim o‘z harajatini o‘zi qiladi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 00:09 | Savol-javoblar | 150 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar