Telegramdagi diniy guruhlar

Assalomu alaykum! Savolimga javobni saytdan topa olmadim. Hozirgi kunda telegramda dimiy savol javob guruhlari juda ko‘p u erda hamma o‘zi bilganicha qurondan yoki hadisdan savollarga javob berishadi lekin mani o‘ylantiradigan narsa u erda nomahramlar o‘zaro diniy savol javoblar qilishadi kulishadi bir nomahram ogil bola savolga to‘g‘ri javob bergan qizga yoki birovning ayoliga Masha Alloh deb yozadi o‘zaro savol javoblar qilishadi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam ayollarga 7 parda ortida ham suyulib gapirishdan qaytarganlar lekin bu guruhlarda hamma qizlar bo‘lmasa ham nomahramlar bilan kulishib gaplashadiganlari bor. Umuman olganda jiddiy gaplashadimi suyulib gaplashadimi nomahramlar bilan diniy savol javob qilish maqsadida gaplashish joizmi. Man taqvo qilib bu haqida gapirsam nima qilibti biz boshqa narsalarni gaplashmayapmiz ilm o‘rganyapmiz deb javob berishadi yoqmasa chiqip ket deyishadi ularning qiladigan ishi tog‘rimi diniy Savol javob uchun nomahramlar bilan birovning ayoli bilan singlisi bilan yoki birovning eri bilan guruhda gaplashishlik to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unchalik durustmasda. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 20:50 | Savol-javoblar | 188 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar