Ayolining merosi
Assalomu alaykum! Meni anchadan beri bir narsa qiynab keladi. Ota onam yoshligimizdan men va singlimga meros qilib uy berishgan. Akamga esa katta korxona qolgan. Onam doim bu sizlarni xaqqingiz shuning uchun yoshligingizdan shu uylarni sizlarga berganmiz derdi. Turmushga chiqayotganimda erimning poytaxtda uyi yo‘qligi sababli onam uy olgunlarincha shu uyda yashanglar deb erimni ko‘ndirdi erim 2 yilda uy olib chiqib ketamiz didi. Shu bilan 8 yil yashadik shu uyda. Keyin muammolar bo‘lib kvartiraga chiqishga majbur bo‘ldik. Erim endi uyingdan xech narsa olmaysan xich qanaqa yordamni xam qabul qilmaysan didi. Bu uy meni mulkim ota onamni menga merosi bo‘lgani uchun shu uyga ijaraga qo‘yib pulini o‘z xarajatlarimga ro‘zg‘orga ishlatib yuribman. Ammo erim bilmaydi buni. Savolim shuni erim mening shu o‘z mulkimni foydalanmaysan uyni ota onangga qaytarib ber diyishga xaqlimi? Axir bu uy menga merosku. Undan erimga aytmasdan foydalanishim joizmi? Chunki erimga aytsam albatta foydalanmasligimni uyni olmasligimni talab qilishi aniq.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uy shar’an sizning mulkingiz bo‘lsa uni xohlagancha tasarruf qilishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 04:46 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uy shar’an sizning mulkingiz bo‘lsa uni xohlagancha tasarruf qilishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 04:46 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush